«toshkent viloyati iibb» tegli maqolalar


Toshkent viloyatidagi xonadonda itlar so‘yib kelingani aniqlandi
11 mart 2023, 09:30

Toshkent viloyatidagi xonadonda itlar so‘yib kelingani aniqlandi

Tarmoqlarda Yuqori Chirchiqdagi xonadonlarning birida itlar shafqatsizlarcha o‘ldirilayotgani xaqida xabar tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB holat Yassaviy kolxozidagi uyda sodir bo‘lgani va xonadon egasi 25 dona itni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlagani va ularni so‘yib kelganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida qizlar yigit talashib janjallashgani aytilmoqda
22 noyabr 2022, 09:28

Toshkent viloyatida qizlar yigit talashib janjallashgani aytilmoqda

Parkent tumanida qizlar yigit talashib janjallashgani aytilmoqda. Toshkent viloyati IIBB holat yozda sodir bo‘lgani va ariza kelib tushmaganini ma’lum qildi. Videoda huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgani tufayli ma’muriy bayonnoma tuzilib, qonuniy chora ko‘rish maqsadida JIB Parkent tumani sudiga yuborildi.

Bo‘stonliqdagi ijaraga olingan dachada 26,2 mln so‘mlik qalbaki pul tayyorlagan shaxslar ushlandi
30 oktabr 2022, 18:12

Bo‘stonliqdagi ijaraga olingan dachada 26,2 mln so‘mlik qalbaki pul tayyorlagan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatida qiymati 26 mln so‘mdan ortiq 100 va 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni muomalaga chiqarishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ularning pullarni Bo‘stonliqdagi ijaraga olgan dala hovlisida tayyorlagani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Oqqo‘rg‘onda IIB sobiq xodimi butun o‘zbekistonliklarni onasidan so‘kdi
2 oktabr 2022, 16:59

Oqqo‘rg‘onda IIB sobiq xodimi butun o‘zbekistonliklarni onasidan so‘kdi

Tarmoqlarda Oqqurg‘on tumani IIB xodimining butun o‘zbekistonliklarni onasidan so‘kkani aks etgan audio tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va ushlanganini ma’lum qildi. Hokimlik esa holat oqibatida xodim otasining sog‘lig‘i og‘irlashib qolganini qayd etdi.

Toshkent viloyati hokimligi IIBBga 3 mlrd so‘m ajratadi
7 oktabr 2021, 16:24

Toshkent viloyati hokimligi IIBBga 3 mlrd so‘m ajratadi

Toshkent viloyati hokimligi mahalliy budjet hisobidan IIBBga jamoat tartibini saqlash va boshqa maqsadlar uchun 3 mlrd so‘m ajratadi.

Toshkent viloyatida deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Ikki tomon vaziyatni turlicha izohlamoqda
30 avgust 2021, 16:21

Toshkent viloyatida deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Ikki tomon vaziyatni turlicha izohlamoqda

Toshkent viloyatida mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Viloyat IIBB ma’lumotiga ko‘ra, mojaroga xalq vakillari tadbirga niqobsiz kelganligi sabab bo‘lgan. Deputatlar esa 50 nafarga yaqin yosh bola va ularning ota-onalari bayramga kiritilmagani, yana bir ayolga kuch ishlatilgani hamda deputatning daxlsizlik huquqi buzilganini aytishmoqda.

YPX xodimiga Malibu mashinasini qo‘yib yuborishni buyurgan komandir jazolandi
2 avgust 2021, 14:09

YPX xodimiga Malibu mashinasini qo‘yib yuborishni buyurgan komandir jazolandi

Toshkent viloyatida qoidabuzar Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lga YPX xodimiga ratsiya orqali chiqib, haydovchini qo‘yib yuborish buyurgan komandirga intizomiy jazo qo‘llanildi. “O'ZTEMIRYO'LMASHTAʼMIR” korxonasiga tegishli mashina haydovchisi esa xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimaga tortildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting